Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat rahbari tomonidan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalari ijrosiga bag‘ishlangan Vazirlik Hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi

Davlat rahbari tomonidan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalari ijrosiga bag‘ishlangan Vazirlik Hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Hay’at majlisini Raqamli texnologiyalar vaziri Hay’at raisi Sherzod Shermatov olib bordi.

Kengaytirilgan majlis Davlat Rahbari boshchiligida “Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha 2024-yil birinchi yarim yilligi tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish, ularni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda raqamlashtirish sohasining 2024-yil birinchi yarim yillikdagi iqtisodiy natijalari va yil yakuniga qadar bajarilishi belgilangan ustuvor vazifalar, shu jumladan IT-eksport bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Shuningdek, hududlarda ITeksport hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligini qamrovini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar tinglanib, ushbu ishlarni tizimli amalga oshirib borish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring