Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Web Summit Qatar 2024 doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Qatarning yirik kompaniyalari va sarmoyadorlari bilan uchrashdi

Web Summit Qatar 2024 doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Qatarning yirik kompaniyalari va sarmoyadorlari bilan uchrashdi

Foto: Digital.uz

Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilayotgan Web Summit Qatar 2024 texnologik tadbiri doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi vakillari Invest Qatar, Qatar Investment Authority, Qatar Development Bank, Hamad Bin Khalifa University, Qatar Research, Development and Innovation Council (QRDI), Gulf Organisation for Research & Development (GORD) kabi nufuzli kompaniyalar rahbarlari va investorlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning IT sohasidagi imkoniyatlar tanishtirilib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatichlarga erishish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonning IT-mutaxassislar salohiyati hamda biznes jarayonlarini autsorsing qilish yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha yaratib berilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi va hamkorlikka taklif etildi.

Uchrashuvlar yakunida Qatarning yirik IT kompaniyalari va investorlari, mamlakatimizning IT salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, O‘zbekistonga taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring