Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi bo‘lib o‘tdi

“Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi Markaziy Osiyo uchun muhim voqea bo‘lib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilaydi. Forum innovatsion yechimlarni muhokama qilish va qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi, bu esa raqamli texnologiyalar davrida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.

Forumning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiya va innovatsiyalarni rag‘batlantirishdan iborat. Forum raqamli infratuzilmani rivojlantirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va turli sohalarda innovatsion yechimlarni joriy etish bilan bog‘liq asosiy masalalarni muhokama qilish uchun platforma bo‘ladi.

Ushbu forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi. 

Forum davomida raqamli infratuzilmani samarali rivojlantirish hamda uni modernizatsiya qilish, mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Muhokamalarda telekommunikatsiyalar, internet, bulutli hisoblash va Data ma’lumotlar sohasidagi innovatsiyalar samaradorligi va ishonchliligini oshirishga e’tibor qaratildi.

Forum doirasida “Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiya: davlat, biznes va fuqarolar uchun muammolar va imkoniyatlar” mavzusida sessiya ham tashkil etildi. 

Shuningdek, ikki kun davom etadigan forumda “Markaziy Osiyoning xavfsiz raqamli kelajagi: kibertahdidlar kuchayib borayotgan davrda strategiyalar, tashabbuslar va hamkorlik” mavzusidagi sessiyada mintaqadagi kiberxavfsizlik va raqamli barqarorlikning turli jihatlari muhokama qilinadi.

Sessiya davomida raqamli barqarorlik darajasini oshirish uchun mamlakatlar o‘rtasida bilim, tajriba va resurslarni almashishning samarali usullarini ko‘rsatuvchi muvaffaqiyatli mintaqaviy tashabbuslar namunalari taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, muhokamada kibertahdidlar haqida xabardorlikni oshirish va aholi va tashkilotlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydigan kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv dasturlarining ahamiyati masalalar ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring