Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumining ochilish marosimida ishtirok etmoqda

Sherzod Shermatov “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumining ochilish marosimida ishtirok etmoqda

Ayni damda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Xizmat safarining dastlabki kunida delegatsiya “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumining ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Ochilish marosimida ishtirokchilarga Koreya Respublikasi Prezidentining videomurojaati ham taqdim etildi.

Tadbir doirasida Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri Li San Min, Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha BMTning bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua, BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun, AQShning Ichki xavfsizlik vazirining fan va texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D.Kuznesov, Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar agentligi raisi Ulvi Mehdiyev va boshqa mamlakatlarning raqamlashtirishga mas’ul idoralar rahbarlari hamda diplomatik korpus vakillari ham qatnashdi. 

BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan ochilish marosimi doirasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi muzokaralarda mamlakatimizga bir necha bor tashrif buyurganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarni iliq so‘zlar bilan yodga olib, yurtimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

“UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi ochilish marosimini tomosha qilish uchun yozuv ustiga bosing.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring