Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Raqamli navigator – davlat xizmatlari olamidagi ishonchli yo‘lboshchingiz!

Hozirgi zamonda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib borayotgani hech birimizga sir emas. Davlat boshqaruvi ham raqamli transformatsiyaga intilmoqda.

O‘zbekistonda fuqarolarning davlat bilan o‘zaro hamkorligini soddalashtirishga qaratilgan ko‘plab axborot tizimlari va portallar yaratilmoqda.

Biroq, turli manbalarning ko‘pligi foydalanuvchilar uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Shu bois milliy portal — raqamli navigator ishlab chiqildi.

U barcha davlat xizmatlari va axborotlarni bir joyda jamlaydi hamda ularni har bir kishi uchun qulay va tushunarli qiladi.

“ICTWEEK Uzbekistan 2024“ AKT haftaligidan tayyorlangan ushbu lavha orqali loyihaning maqsad va vazifalari, uni ishlab chiqish bosqichlari va fuqarolar uchun afzalliklari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring