Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt: tendensiyalar va istiqbollar

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt: tendensiyalar va istiqbollar

"Yoshlarga raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro ekspert Aylin Trenkmann tomonidan O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot, raqamli tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari taqdim etildi.

Muhokama qilingan asosiy jihatlar:

  • Sun’iy intellekt biznes va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
  • Raqamli sohada startaplar uchun imkoniyatlar;
  • Raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va eng yaxshi amaliyotlar;
  • Innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning roli.

Shuningdek, davra suhbatida Andrin Fink, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Missiyasi rahbarining o‘rinbosari, Akiko Fujii, BMTTDning O‘zbekistondagi Rezident vakili va boshqa tegishli idora vakillari ishtirok etishdi. 

Ushbu tadbir O‘zbekistonda raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni joriy etishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring