Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt va raqamli kelajak: DataVolt bilan panel muhokamasi tashkil etildi

Sun’iy intellekt va raqamli kelajak: DataVolt  bilan panel muhokamasi tashkil etildi

Joriy yilning 18-sentyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan ICTWeek 2024 tadbirining muhim qismlaridan biri bo‘lgan " Net Zero Data Centers and AI: DataVolt Pioneering Uzbekistan’s Digital Future" mavzusidagi panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Panelda shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va DataVolt  kompaniyasi bosh direktori Rajit Nanda ham qatnashdi.

Vazir o‘z nutqida O‘zbekistonning raqamli transformatsiya yo‘lidagi asosiy qadamlarini ta’kidladi va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining bu jarayonda asosiy rol o‘ynayotganligini aytib o‘tdi. U 2024-2030-yillar uchun ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi sun’iy intellekt strategiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalarni alohida ta’kidladi.

DataVolt kompaniyasining O‘zbekistonga jalb qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim qadamdir. Ushbu mablag‘ hisobidan 2032-yilga qadar umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta ma’lumot markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Vazir Shermatov, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 120 dan ortiq sun’iy intellektga asoslangan loyihalar haqida to‘xtaldi. Ushbu loyihalar quyidagi sohalarda joriy etilmoqda:

  • Sog‘liqni saqlash: Tibbiyotda sun’iy intellekt texnologiyalari diagnostika va kasalliklarni bashorat qilish sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi.
  • Moliyaviy xizmatlar: Xavflarni boshqarish va firibgarlikni aniqlash jarayonlarini soddalashtirish orqali moliyaviy tizimni yanada samarali qilishga qaratilgan.
  • Soliq yig‘ish va bojxona: Sun’iy intellektdan foydalanish orqali soliqlar va bojxona jarayonlaridagi aniqlik oshib, davlat byudjetiga tushumlar ko‘payadi.
  • Shahar infratuzilmasi va huquqni muhofaza qilish: Shahar boshqaruvi va jamoat xavfsizligini ta’minlashda SI tizimlarining qo‘llanilishi orqali samaradorlik ortadi.

O‘zbekistonning sun’iy intellekt sohasidagi yondashuvi inson omilini markazga qo‘yadi. Vazir Shermatov sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishda axloqiy tamoyillarga rioya qilish va texnologiyalarni faqat jamiyat manfaati uchun foydalanish ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.

Panel muhokamasi davomida DataVolt bosh direktori Rajit Nanda bilan birgalikda O‘zbekistonning texnologik infratuzilmasi va sun’iy intellekt sohasidagi hozirgi holati hamda kelajakdagi istiqbollar keng muhokama qilindi. “Yashil” energiya manbalariga asoslangan ma’lumot markazlarini qurish” mamlakatimiz uchun ekologik jihatdan barqaror raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

—Ushbu forumning ahamiyati juda katta, bu bizga O‘zbekiston hukumati bilan kerakli masalalarni muhokama qilishda ochiq maydon vazifasini bajaradi.

Texnologik sektorga keladigan bo‘lsak, davlat va xususiy korxonalar o‘z kuchlarini birlashtirishlari kerak. Biz tomondan esa investorlarni jalb qilish va texnologik “o‘yinchilar”ni ko‘paytirish masalasi turibti.

Bugun men tadbirda ushbu muhim sektorni O‘zbekistonda qanday nazoratga olish, transformatsiya jarayonlarining muhimligi xususida nutq so‘zladim.

Texnologik sektor so‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda jadal rivojlandi. Bunga ikkita asosiy sabab bor, birinchisi, mamlakatning outsoursing hubga aylanishi, ilgarilari yoshlar bu sektorda ishlashi uchun chetga chiqayotgan edi, jumladan Rossiyaga, ammo hozir juda aqlli yo‘l tanlangan. Nafaqat ularni ortga qaytarish, balki ichki tizimni kuchaytirishga ahamiyat berilyapti. Bu borada hukumat juda katta ishlar qilayapti, IT Park qurilishi va ko‘plab investorlar va texnologik gigantlarning jalb qilinishi shular jumlasidan. Endilikda ko‘proq mamlakatlar asosan Yevropaga e’tibor qaratgan ma’qul. O‘zbekistondagi muhit va texnologik sharoitlar xususida ko‘proq davlatlar bilishi kerak,– deydi Rajit Nanda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring