Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Infinite Computer Solutions vitse-prezidenti bilan uchrashuv

Infinite Computer Solutions vitse-prezidenti bilan uchrashuv

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShda Infinite Computer Solutions kompaniyasi vitse-prezidenti Shon Manchanda bilan uchrashdi.

Tomonlar hamkorlikning salohiyatli imkoniyatlarini muhokama qildi. Infinite Computer Solutionsning O‘zbekistonda mintaqaviy autsorsing ofisini tashkil etish va yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama etildi.

Ma’lumot uchun: Infinite Computer Solutions AQShning Merilend shahrida 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunga kelib AQSh va bir qator shtatlarda filiallarga ega. Sakkiz mingdan ortiq xodim faoliyat yurituvchi ushbu kompaniya 2023-yilda qariyb 1 milliard AQSh dollari miqdorida sof foyda olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring