Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir va IT sohasida faoliyat olib borayotgan ITchi qizlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi  

Vazir va IT sohasida faoliyat olib borayotgan ITchi qizlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi   

Uchrashuv xotin-qizlarni IT sohasiga jalb etishning va ularning texnologiya sohasida ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi ishlarni tizimli ravishda muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT sohasida ayollar ishtirokini kengaytirish hukumat uchun ustuvor vazifa ekanligini, innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishda fikrlar va g‘oyalar xilma-xilligi muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Uchrashuv davomida IT sohasida faoliyat yuritishga intilayotgan qizlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tashabbus va dasturlar muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarining muvaffaqiyatlari va erishgan yutuqlari yo‘lida qanday qiyinchiliklarga duch kelganlari haqida o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, ular texnologiya sohasida xotin-qizlar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Xususan, ta’lim olish, murabbiylik va kasbiy tayyorgarlikdan teng foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va keyingi strategiyalarni ishlab chiqish uchun muntazam uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazishga kelishib olindi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ayollar uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring