Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi boshlandi

Toshkentda MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi boshlandi

Joriy yilning 24-27-iyun kunlari Toshkentda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi o‘tkazilmoqda.

MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi uchta tadbirni o‘z ichiga oladi:

– MDH mamlakatlari uchun universal va mazmunli raqamli ulanishlarni baholash uchun AKT statistikasi bo‘yicha XEI o‘quv seminari;

– MDH mintaqasida AKT statistikasini rivojlantirish bo‘yicha XEI, MDH;

– “Raqamli tengsizlikni bartaraf etish” ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish xakatoni.

Tadbirda raqamli ulanishlar sohasidagi milliy siyosat va strategiyalar uchun mas’ul bo‘lgan 70 dan ortiq davlat xizmatchilari hamda telekommunikatsiya/AKT rivojlanishini o‘lchash uchun mas’ul vazirliklar, milliy statistika boshqarmalari, tartibga solish organlari, aloqa operatorlari, tadqiqot institutlari va MDH mintaqasining boshqa tegishli tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda. 

Ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov so‘zga chiqdi. Shundan so‘ng xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) nomidan MDH mintaqasi uchun XEI mintaqaviy direktori Natalya Mochu hamda Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (ASHH) Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Borodin nutq so‘zladi.

Universal mazmunli ulanish (UMC)ni baholash uchun AKT statistikasi bo‘yicha XEI o‘quv seminari UMC konsepsiyasini va uni milliy raqamli siyosatda optimallashtirish yo‘llarini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, seminar MDH mamlakatlarining tegishli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha statistik salohiyatini yaxshilashga yordam beradi.

Seminarlar davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan:

– Universal va mazmunli raqamli ulanishlarni qamrab olish: yangi siyosiy talablar;

– Ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish: davlat va statistika xizmatlari hamkorligini rivojlantirish;

– Umumjahon va mazmunli raqamli ulanishlarni kuzatish: o‘lchov muammolarini hal qilish strategiyalari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring