Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Li Szyanxua Samarqandda bo‘ladigan “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2025” forumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Li Szyanxua Samarqandda bo‘ladigan “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2025” forumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyada UNDESA rahbari-BMTning bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida UNDESA rahbari-BMT bosh kotibi o‘rinbosari mamlakatimizda elektron hukumat sohasining rivojlanish holati va bu borada BMTning elektron hukumat rivojlanishi reytingida O‘zbekiston o‘rnini oshirish va 2030-yilga qadar TOP-30 davlatlar qatoriga kiritish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar va sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

Shu bilan birga, Li Szyanxua “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2025” forumining 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi bilan samimiy qutlab, forumni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. 

Shuningdek, AKT infratuzilmasini takomillashtirish, elektron hukumat reytingida O‘zbekistonning o‘rnini yanada yaxshilash hamda uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirish, IT sohasida yoshlarning o‘rnini yanada oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring