Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro “UN PUBLIC SERVICE FORUM” 2025 yilda Samarqandda o‘tkazilishi e’lon qilindi   

Har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro “UN PUBLIC SERVICE FORUM” 2025 yilda Samarqandda o‘tkazilishi e’lon qilindi    

Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirning eng muhim voqeasi ushbu xalqaro tadbir 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Buni UNDESA rahbari-BMTning Bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua e’lon qildi.

Forumning yopilish marosimida Vazir Sh. Shermatov o‘z nutqi bilan ishtirok etib, Samarqandda o‘tadigan tadbirni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’kidlab, ishtirokchilarni Samarqandga taklif qildi. Shu bilan birga, ushbu forumni O‘zbekistonda yuqori darajada o‘tkazilishiga bildirilgan e’tirofga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” tadbirining yopilish marosimini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring