Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi

Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshganligini, yiliga ular ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqdaligini ta’kidladilar.

Lekin, bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qo‘shilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi ta’kidlandi.

IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi

Endilikda:

- IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

- ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

 IT Park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

- yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring