Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz?

Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz?

Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. 

Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi. 

Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi. 

IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin: 

Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring