Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

EPAM Systems kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

EPAM Systems kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShDA EPAM Systems kompaniyasining texnologik yechimlar bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Layer va davlat sektori bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Danegger bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonning IT sohasi, jumladan, IT xizmatlarini eksport qilish jarayonlari, erishilgan yutuqlari hamda rivojlanish istiqbollari muhokama etildi. EPAM Systems kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda raqamli texnologiyalari sohasida kadrlar salohiyati yuqori ekanligini alohida ta’kidlashdi. Hukumat tomonidan global IT biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi, har tomonlama va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘zda tutilganligi e’tirof etildi.

EPAM Systems jahondagi yirik IT ta’lim kompaniyalaridan, shundan kelib chiqib, vazir O‘zbekiston ta’lim faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga erishishda kompaniya bilan ishlash muhimligini ta’kidladi. Xususan, sun’iy intellekt yo‘nalishida kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. O‘z navbatida, EPAM Systems vakillari zamonaviy ta’limni tashkil qilishda xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda ko‘maklashishga va’da berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring