Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aqlli linzalar sizni bir qarashda tushunadi

Aqlli linzalar sizni bir qarashda tushunadi

Foto: 4PDA

Xitoylik olimlar odamlarning nigohini kuzata oladigan aqlli kontakt linzalar ishlab chiqardi.

Impossible 4 filmidagi texnologiyani eslatuvchi ushbu ishlanma kelajakda VR gadjetlari va tibbiy uskunalarda ham qo‘llanilishi mumkin.

Biomoslashuvchan gadjetlar qo‘shimcha quvvat talab qilmaydi va ularni ishlab chiqarishda kremniy chiplari ishlatilmaydi.

Bunday linzalar ko‘zlarning harakati haqidagi ma’lumotlarni radio chastotali impulslarga ham aylantira oladi.

Ko‘zlar harakatlanayotganda maxsus markerlar chiqarilgan signal chastotasidagi o‘zgarishlarni qayd etadi. Ularning yordami bilan tizim real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qiladi.

Texnologiya ko‘rish yo‘nalishini 0,5 darajadan kam burchak ostida aniqlaydi.

Tajriba mualliflari ushbu linzalar yordamida allaqachon bir qarashda kompyuterni ham boshqarishga erisha olishdi.

Ta’kidlanishicha, bunday linzalar ko‘zlarimiz salomatligiga zarar yetkazmasdan, gadjetlardan 12 soatgacha bemalol foydalana olishimiz uchun ayni muddaodir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring