Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironlarga g‘amxo‘rlik qiluvchi robot

Nogironlarga g‘amxo‘rlik qiluvchi robot

Foto: 4PDA

Kornell universiteti muhandislari jiddiy kasalliklarga chalingan odamlarga yordam berish uchun kompyuter texnologiyasi asosida ishlaydigan robotni namoyish etdi.

Robot allaqachon umurtqa pog‘onasi va miya yarim shari shikastlangan, ko‘p skleroz bilan kasallangan bemorlarga juda katta yordam bermoqda.

EmPRISE laboratoriyasi uzoq yillar mobaynida sun’iy intellektni stol ustidagi ovqatlarni tanlashga va bemorni ovqatlantirishga o‘rgatdi.

Ammo robot uchun eng katta qiyinchilik odamga ovqat berish edi.

Shuning uchun tajriba mualliflari robotni yana ikkita muhim xususiyatlat bilan jihozladilar: real vaqtda bemorning og‘zini kuzatish va dinamik javob mexanizmi.

Ushbu yangilik tibbiyot muassasalari xodimlariga tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan mijozlarga mustaqil yordam ko‘rsatish va ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring