Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt 2038-yilgi Olimpiya o‘yinlari qanday bo‘lishini ko‘rsatdi

Sun’iy intellekt 2038-yilgi Olimpiya o‘yinlari qanday bo‘lishini ko‘rsatdi

Foto: Ferra

Rejissor Josh Kan 2038-yilgi Olimpiada o‘yinlari haqida futuristik video yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalangan.

Ushbu loyihada tez va samarali vizualizatsiya yaratish uchun OpenAI, Runway va Synthesia kabi eng yangi SI texnologiyalaridan foydalangan.

Videoda dengiz sathi sezilarli darajada ko‘tarilgan va osmono‘par binolar tomlarida futbol stadioni kabi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan obektlar joylashgan kelajak Los-Anjeles tasvirlangan.

Kanning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt yordamida video yaratish hali ham ko‘p tajriba va sabr-toqatni talab qiladi, chunki neyron tarmoq modellari har doim ham odamlarning murakkab arxitektura shakllari yoki tafsilotlarini aniq takrorlay olmaydi.

Biroq, texnologiya allaqachon reklamada qo‘llanilgan va kontent yaratish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Qiyinchiliklarga qaramay, Kan SI kino va ommaviy axborot vositalarining kelajagida, ayniqsa olomon sahnalari va landshaftlar uchun muhim vosita bo‘lishiga ishonchi komil.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring