Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir panel sessiyasida hukumatni raqamli transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi

Vazir panel sessiyasida hukumatni raqamli transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi

Koreya Respublikasida tashkil etilgan “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi doirasida “Artificial intelligence and the Future of Government” plenar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Mazkur sessiyada AQShning Ichki xavfsizlik vazirining fan va texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D. Kuznesov, Koreya Raqamli bo‘yicha platformasining hukumat ko‘mitasi a’zosi, Digital Twin TF  guruhi rahbari Inxyok Cha, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Davlat boshqaruvi direksiyasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Barbara-Kyara Ubaldi ham qatnashdi.

Panel sessiyada ishtirokchilar davlat boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanishi va ushbu sohadagi mamlakatlarning ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashildi. 

Vazir Sh. Shermatov ushbu tadbir juda muhimligini, hozirda O‘zbekistonda hukumatni raqamli transformatsiya qilishga asosiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari yaqin kelajakning rivojlanish drayveri ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda muhim bosqichlarni bosib o‘tayotgani va kelajak avlodni tayyolash uchun mazkur texnologiyalar zarurligini qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, Vazir o‘z nutqi davomida mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu sohaning rivojlanish holati va yaratilgan shart-sharoitlarga to‘xtalib, bunda O‘zbekistonda sun’iy intellektning davlat boshqaruviga kirib borayotganligi, xususan, ushbu texnologiyalarga asoslangan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib AQShning Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan akkreditatsiyalangan iBeta laboratoriyasi tomonidan tegishli sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan MyID tizimi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shu bilan birga, Coursera platformasida O‘zbekiston mehnat bozori uchun zaruriy ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga sarmoya kiritayotgan dunyo mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egallaganini alohida ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring