AMD kompaniyasi bilan kelajakda uzoq muddatli hamkorlik loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShda AMD kompaniyasining Texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Xasmukx Ranjan bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinib, AMD tomonidan mamlakatimizda GPU klasterini yaratish va SIga asoslangan hisoblash kuchini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, vazir O‘zbekistonning raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirishda suniy intellekt texnologiyalarining ahamiyatini ta’kidlab, Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi bilan “Yashil” Data markaz qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va sun’iy intellekt strategiyasi bilan tanishtirib o‘tdi.
Jumladan, AMD kompaniyasi tomonidan litsenziyalash va tegishli texnologiyalarni import qilish hamda ularni O‘zbekistonda tatbiq etish, SI iste’dodlarini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va seminarlar orqali SI sohasidagi malaka oshirish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Uchrashuv so‘ngida kelajakda uzoq muddatli hamkorlik loyihalarini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter