Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda global dasturchilar anjumani o‘tkazildi (foto)

Toshkentda global dasturchilar anjumani o‘tkazildi (foto)

Foto: Digital.uz

IT-ta’lim uyushmasi hamda GDG (Google Developers group)  hamkorligida xalqaro nufuzga ega “GDG DevFest Tashkent 2023” — global dasturchilar konferensiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi. Google kompaniyasining taniqli ekspertlari — Mark Makdonald va Martin Goerner, Outtalent kompaniyasidan Tilek Mamutov va boshqa ko‘plab xorijlik ma’ruzachilar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Google kompaniyasi zamonaviy IT-texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha suhbatlar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Tadbir davomida mahalliy dasturchilar yangi ko‘nikmalar orttirishdi, boshqa dasturchilar bilan aloqa o‘rnatishlari uchun uchrashuvlar hamda qiziqarli hakatonlar tashkil etildi.

Anjumanda Google tomonidan ishtirokchilarga kompaniyaning dasturlash vositalari hamda resurslariga kirish va foydalanish imkoni taqdim etildi.

“GDG DevFest Tashkent 2023” anjumanida mingdan ziyod yosh dasturchilar va IT-sohaga qiziquvchilar qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring