Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon banki vakili bilan O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

Jahon banki vakili bilan O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va Jahon banki ekspertlari o‘rtasida onlayn tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokama chog‘ida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama joriy hamkorlik va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va bu borada xalqaro tajribani qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yillik AKT haftaligi – ICTWEEK UZBEKISTAN doirasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring