Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni davom ettirishga kelishildi

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni davom ettirishga kelishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Imagava Takuo bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Imagava Takuo tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan o‘rnatilgan aloqalar hamda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar samarali davom etayotganini, shuningdek, ushbu hamkorlikni yanada jadallashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, uchrashuvda “E+Craftman” kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdilar. Ushbu kompaniya tomonidan O‘zbekiston pochtasi bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda yapon kompaniyalari tomonidan kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Yaponiya hukumati ushbu tashabbusni har tomonlama qo‘llab quvvatlashini va ta’lim yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yapon kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda faol ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi delegatsiyasi bu yil bo‘lib o‘tadigan “ICT Week” tadbirida ishtirok etishini ma’lum qildi. O‘z o‘rnida, ushbu tadbirda Yaponiya IT kompaniyalari bilan birgalikda Yaponiya davlati pavilionini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring