Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onkologiya – ongni sindirmasin!

Onkologiya – ongni sindirmasin!

Kuni kecha Toshkent shahridagi “Sen kuchlisan” volontyorlik tashkiloti tomonidan “Onkologiya – ongni sindirmasin” loyihasiga start berildi. 

Bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan IT sohasiga faqat eng munosiblargina qadam qo‘yadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Sen kuchlisan” loyihasi kashf etgan 12 nafar bolalar ham aynan shunday yuragida o‘ti borlardan.

Zero, ular dard degan sinov qarshisida sinmay, 300 nafardan ortiq nomzodlar orasidan tanlab olingan.

Agentlik IT sohasiga qiziquvchi 12 nafar bemor bolalarning har biriga tezkor va eng zamonaviy noutbuk va olam-olam shodlik hadya etdi.

Yana bir muhim jihat – “Yoshlar ishlari agentligi” nafaqat bu qurilmalarni hadya qildi, balki g‘olib bolalarning “Ustoz AI” onlayn platformasi hamda malakali mutaxassislar tomonidan dasturlash, grafik-dizayn va boshqa zamonaviy kasblarga o‘qitilishini ham tashkillashtirmoqda.

Aytish joizki, darslar shifokorlarning nazorati ostida, davolanishga hamohang olib borilishiga alohida e’tibor beriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring