Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT Park University jahon standartlari bo‘yicha yetakchi IT-mutaxassislarni tayyorlamoqda

IT Park University jahon standartlari bo‘yicha yetakchi IT-mutaxassislarni tayyorlamoqda

“IT Park University ” O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan birinchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet IT Park Uzbekistan ko‘magida yetakchi xalqaro IT-kompaniyalardan biri — “EPAM Systems” bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

IT Park University malakali IT-mutaxassislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, allaqachon qimmatli kadrlar zaxirasini shakllantirib ulgurdi. IT Park Uzbekistan rezidentlarining ortib borayotgani O‘zbekistondan IT-mutaxassisliklari bitiruvchilarini qabul qilishga va ularga o‘z mamlakatida qolib, global loyihalar ustida ishlash imkoniyatini berishga tayyor bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Bunday sinergiya O‘zbekiston iqtisodiyotining umumiy o‘sishi uchun salmoqli turtki hisoblanadi.

Yaqinda IT Park universiteti “Ochiq eshiklar kuni” deb nomlangan yirik va yorqin tadbirda barcha xohlovchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Talabalar va ularning ota-onalari universitet dasturlari bilan tanishib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida xalqaro ekspertlar bilan suhbatlashdilar.

“Ochiq eshiklar kuni” O‘zbekiston IT-sanoatining yetakchi namoyondalari, xalqaro raqamli mahsulotlar yetakchilari va yangi avlod abituriyentlari — yangilangan IT sohasining bo‘lajak mutaxassislarini birlashtirgan muhim voqea bo‘ldi.

Tadbirda IT sohasida kasbiy rivojlanish va ta’limning asosiy jihatlari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor uzluksiz ta’lim olish va jadal o‘zgarib borayotgan texnologiyalarga moslashish muhimligiga qaratildi. Talabalar va yosh mutaxassislar uchun professional hamjamiyatlarning ahamiyati ta’kidlanib, bunday hamjamiyatlarda ishtirok etish tezkor rivojlanishga yordam berishi va yangi karera imkoniyatlarini ochib berishi qayd etildi.

IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun kommunikatsiya va boshqaruv kabi texnik va yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yuqori ta’lim darajasini saqlab qolish va zamonaviy bilimlarni taqdim etish uchun yetakchi IT-kompaniyalar bilan hamkorlik qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xalqaro kompaniyalarda o‘z karerangizni boshlashni istasangiz, IT Park Universitydagi talabalik hayotining shart-sharoitlari va o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Instagram va universitet saytida bilib oling.

IT Park University bilan IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karerangizni boshlang! Telefon: +998 55-503-99-99.

Telegram-bot: https://t.me/ITPU_bot.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring