Pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan fuqarolar, buni bilarmidingiz?
Pensiya ta’minoti tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar uydan chiqmagan holda pensiya tayinlanishini so‘rab my.gov.uz portali (YIDXP) orqali onlayn murojaat qilish huquqiga ega bo‘ldilar.
2025-yilning 1-martidan esa yoshga doir pensiyalar fuqarolardan hech qanday murojaat va hujjat talab etilmagan holda "avtomatik" tarzda tayinlanadi.
Bunda fuqaro shaxsiga doir barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan idoralararo hamkorlik yo‘li bilan olinadi.
Video davomida bu kabi qulayliklarning yo‘lga qo‘yilishi yurtdoshlarimizga yana qanday imkoniyatlar taqdim etishini bilib oling va pensiya yoshini qarshilayotgan yaqinlaringizni ham yaxshi xabarlar bilan xursand qiling!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter