Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangilangan OneID tizimi bilan siz o‘zingizni raqamli dunyoda yanada xavfsiz va ishonchliroq his qiling!

Yangilangan OneID tizimi bilan siz o‘zingizni raqamli dunyoda yanada xavfsiz va ishonchliroq his qiling!

O‘zbekistonning eng yirik va xavfsiz raqamli identifikatsiya tizimi OneID tubdan yangilanmoqda! Aniqrog‘i, foydalanuvchilarning raqamli xavfsizligi yangi bosqichga ko‘tariladi!

Bugungi kunda raqamli xizmatlardan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Shunday ekan, shaxsga doir ma’lumotlarimizni himoya qilish va onlayn xizmatlarga xavfsiz ulanish har qachongidan ham muhimroq. Yangilangan OneID tizimi aynan shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, sizga yanada qulay va xavfsiz raqamli muhitni taqdim etadi.

Qanday yangi imkoniyatlar mavjud?

  • Endilikda siz OneID tizimiga QR kod orqali bir necha soniya ichida kirishingiz mumkin. Shuningdek, MyID orqali kirish imkoniyati ham yaratiladi.
  • Bundan tashqari, siz o‘z ma’lumotlaringizni kimlar, qanday maqsadlarda ko‘rish huquqiga ega ekanligini to‘liq nazorat qila olasiz.
  • Ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) hamda boshqa zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari sizning akkauntingizni himoya qiladi.
  • Tashkilotlar bilan ma’lumot almashish jarayonlari yanada shaffof va ochiq bo‘ladi.
  • Yangilangan OneID tizimi raqamli xavfsizlik va qulaylikni birlashtirgan holda, sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. U orqali siz raqamli dunyoda o‘zingizni yanada xavfsiz va ishonchli his qilasiz.

Yana bir muhim yangilik! Ayni kunlarda OneID mobil ilovasi ishlab chiqilib, yakuniy sinov bosqichlaridan o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring