Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZINFOCOM delegatsiyasi Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro PLUS-forum Digital Kyrgyzstanda ishtirok etdi

UZINFOCOM delegatsiyasi Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro PLUS-forum Digital Kyrgyzstanda ishtirok etdi

Forum 22 ta mamlakatdan 1000 dan ortiq ishtirokchini bir joyga to‘pladi. Ular orasida davlat tashkilotlari, bank sektori, fintech va retail sohalari vakillari bor edi.

Tadbir davomida jamoamiz davlat sektori vakillari va fintech kompaniyalari bilan samarali muzokaralar olib bordi hamda biznesni raqamlashtirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion yechimlarni taqdim etdi.

Tematik sessiya doirasida UZINFOCOM eksport bo‘limi rahbari Timur Miyassarov MyID biometrik tizimi imkoniyatlari haqida taqdimot qildi.

Shuningdek, kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi yetakchi o‘rni va xalqaro bozorlardagi o‘sib borayotgan ishtiroki haqida so‘zlab berdi.

Har yili PLUS-forum ishtirokchilar uchun tajriba almashish, muvaffaqiyatli loyihalarni muhokama qilish va yangi aloqalar hamda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradigan muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring