Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

110 ta kompaniya IT PARK rezidenti maqomidan mahrum etildi

110 ta kompaniya IT PARK rezidenti maqomidan mahrum etildi

IT Park rezidenti maqomi kompaniyalarga nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham rivojlanish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib, soliq imtiyozlari, “Zero Risk”, “Local2Global” va boshqa maxsus qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘rinishidagi davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamni kafolatlaydi. Rezident kompaniyalar esa o‘z faoliyatini xolisona amalga oshirishi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan belgilangan qoidalarga rioya qilishi lozim.

VMQ va IT Park rezidentining faoliyat shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq bir qator majburiy shartlar belgilangan:

➖Ro‘yxatga muvofiq biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;

➖Har yili moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini auditdan o‘tkazish, auditorlik xulosasining nusxasini IT Parkga yuborish va boshqalar.

➖IT Park rezidentlariga qo‘yiladigan talablar mamlakat va kompaniyalarning innovatsion va texnologik taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan ➖raqobatbardosh muhitni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan belgilangan majburiyatlar va talablarning bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 2023-yil yakunlari bo‘yicha auditorlik xulosasini topshirmagan 110 ta rezident aniqlandi. 

Mazkur kompaniyalar IT Park oldidagi majburiyatlarini bajarishmadi, shu munosabat bilan ular barcha soliq imtiyozlari va preferensiyalarini bekor qilgan holda rezident maqomidan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring