Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birinchi respublika bolalar forumi doirasida “Rahbar hamda yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Birinchi respublika bolalar forumi doirasida “Rahbar hamda yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Foto: Digital. uz

O‘zbekiston bolalar tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 19–23-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida hamda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi tashkil etildi.

Forum doirasida “Rahbar hamda yoshlar” uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, O‘zbekiston bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ishtirok etdi. Vazir o‘z nutqi davomida yoshlarning sifatli bilim olishlari hamda kelgusida kasb tanlashda yaxshi daromad topa olishlari uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlay bilishi muhimligini ta’kidladi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, oliy ta’lim, IT sohasida kasb tanlash bilan bog‘liq duch kelayotgan muammolarga rahbarlardan yetarlicha javoblar olishdi. Shuningdek, yoshlarga liderlik qobiliyatini oshirish, to‘g‘ri boshqaruvni shakllantirish borasida motivatsiyalar berildi.

Forumda respublikaning barcha hududlaridan saralangan 350 nafar sardorlar va tashkilot faollari ishtirok etdi.

Forum doirasida hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi, “Tungi maktub” loyihasi, “Qo‘rqma” filmi taqdimoti, yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha “Ibrat farzandlari” faoliyati taqdimoti, favqulotda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha master-klass, “Quvnoq spartakiada” musobaqasi o‘tkazildi. 

Forum doirasida mahoratli trenerlar tomonidan IT, ta’lim, madaniyat, ekologiya va turizm, media, sport va liderlik yo‘nalishlarida mahorat darslari tashkil etildi. 

Forum doirasidagi tanlovlar hamda loyihalarda faol ishtirok etganlar nominatsiyalar bo‘yicha diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring