Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Turkiyaning Testinium kompaniyasining “Back office”i va IT akademiyasi ochiladimi?

O‘zbekistonda Turkiyaning Testinium kompaniyasining “Back office”i va IT akademiyasi ochiladimi?

Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov Turkiyaning Testinium  kompaniyasi asoschisi Onur Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Onur Erdog‘an hozirda sifatli kadrlar yetishmasligi muhim muammolardan biri ekanligini ta’kidlab, kompaniyasining outsorsing faoliyati uchun O‘zbekistonda “Back office”ini ochish niyatida ekanligini bildirdi. Shuningdek, Onur Erdog‘an hozirda kompaniyasiga sifatli kadrlar yetishmasligini ta’kidlab, sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekistonda IT akademiya ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Rustam Karimjonov, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ochiladigan mazkur “Back office” va IT akademiyaning ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini ta’kidlab, yaqin kelajakda ushbu akademiyadan yetishib chiqadigan yosh kadrlar nafaqat Testinium kompaniyasida, balki dunyoning yetakchi IT kompaniyalarida ham ishlashiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun: Testinium  kompaniyasi Turkiyaning Istanbul shahrida 2010-yilda tashkil etilgan. Ushbu kompaniya butun dunyo bo‘ylab 10 ga yaqin ofisiga ega bo‘lib, qariyb 1200 ta IT mutaxassislari faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring