Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet odamlarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan

Internet odamlarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan

Foto: Yandeks

Oksfordlik tadqiqotchilar internet va ijtimoiy tarmoqlarning insonlar ruhiy holatiga potensial ta’sirini o‘rganishdi.

Ushbu tadqiqot odamlarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramligi haqidagi ko‘p yillik bahslarga chek qo‘yishi mumkin.

168 mamlakatda yashovchi 15 yoshli va 99 yoshdan oshgan 2,4 million kishidan to‘plagan ma’lumotlar asosida olimlar internetdan faol foydalanish va uning ruhiy holatga ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga harakat qilishdi.

Tadqiqotda odamlarning oilaviy sharoiti, moliyaviy ahvoli, hayotdan qoniqish darajasi, jismoniy holati, ta’lim va intilishlar kabi parametrlar hisobga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 85 foiz hollarda tarmoqqa kirish insonning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’siri esa atigi 0,4 foiz.

Qolgan 14,7 foiz holatlarda esa ruhiy salomatlikka hech qanday ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlangan.

Internetga ulangan odamlar hayotdan 8,5 foiz ko‘proq qoniqish hosil qilgan va moliyaviy ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring