Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park rezidentlari mart oyida 37 ta eksport qiluvchi kompaniyaga ko‘paydi. Ulardan 19 tasi – xorijiy kapital ishtirokida

IT Park rezidentlari mart oyida 37 ta eksport qiluvchi kompaniyaga ko‘paydi. Ulardan 19 tasi – xorijiy kapital ishtirokida

Foto: Europolimergroup

O‘zbekistonning IT salohiyati xalqaro investorlar uchun tobora jozibador bo‘lib, o‘z mahsulot va xizmatlarini xorijga eksport qiluvchi kompaniyalar IT Park rezidentlariga aylanib bormoqda.

Joriy yilning mart oyida IT Park 37 ta yangi eksportga yo‘naltirilgan rezidentlarni, jumladan, 19 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyani jalb qildi. Ta’sischilar Yaponiya, Janubiy Koreya, Estoniya va Litva, Hindiston, Gruziya va MDH davlatlari vakillaridir.

Kompaniyalar orasida kompyuter o‘yinlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan “TOYBEEZ” MChJ va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan yakka tartibdagi tadbirkor “H AND K GROUP” MChJ kabi Yaponiyaning ikkita kompaniyasini alohida qayd etish mumkin.

Bu IT-parkni qo‘llab-quvvatlash dasturlari samaradorligini, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan eksportga yo‘naltirilgan IT-kompaniyalar uchun imtiyoz va imkoniyatlar kengligidan dalolatdir.

Mart oyining yangi rezidentlari xorijiy mamlakatlarga 10 million dollardan ortiq mahsulot va xizmatlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Faoliyat yo‘nalishlari orasida: IT va BPO xizmatlari, dasturiy ta’minot va o‘yinlarni ishlab chiqish, dizayn hamda multimedia bor.

Asosiy eksport bozorlari AQSh, Yevropa davlatlari, Estoniya, BAA, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va MDH davlatlari bo‘ladi.

Taqdim etilgan biznes-rejaga ko‘ra, 19 ta yangi xorijiy korxona 1150 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirgan. Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi O‘zbekiston iqtisodiyoti yuksalishiga, aholi farovonligi va bandligini oshirishga va mahalliy mutaxassislarning kasbiy mahoratini ularning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

IT Parkning xorijiy kompaniyalarni jalb etishdagi muvaffaqiyati - O‘zbekistonda IT-sohaning barqaror o‘sishidan dalolat beradi va hukumatning investitsiyalarni rag‘batlantirish va eksportga yo‘naltirilgan IT-sohasini rivojlantirish strategiyasi samaradorligini ko‘rsatadi.

Bu, o‘z navbatida, bizni global maqsadlarga yaqinlashtiradi, ya’ni mamlakatda IT-mutaxassislari uchun 300 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish, O‘zbekistonni xalqaro IT-autsorsing  markaziga aylantirish va 2030-yilga borib respublika IT-xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring