Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xaker ikki yilga "kesilishi" mumkin

Xaker ikki yilga

Foto: Iz.ru

Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida yashovchi 18 yoshli M.A. "Telegram" messenjerida "Cyber education" nomli kanalga kompyuter tizimiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan turli xil dasturlarni joylashtirish orqali tarqatayotgan ekan. Bu IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamda Farg‘ona viloyati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv va texnik tadbirlari davomida aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring