Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Olx" platformasida birovning pullarini o‘zlashtirgan yigit qo‘lga olindi

Foto: Elcomrevue

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi B.T. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 21.205 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yashovchi muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan 33 yoshli S.I. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, S.I. “Olx” platformasida “UAZ 3151” sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi B.T. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 21.205 mln. so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay,  qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring