Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Qiymati 506,8 mln dollardan ortiq 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi(VIDEO)

Yuqori tezlikdagi optik tolali va mobil internet xizmatlari qanchalik kengaysa, shunchalik boshqa sohadagi xizmatlar va ishlab chiqarish ortib boradi va natijada aholi daromadlari oshishiga yordam bo‘ladi. Internet sifati va qamrovini oshirish esa o‘z navbatida qo‘shimcha investitsiya talab etadi.

Shuning uchun, Prezidentimiz tomonidan aholi maskanlari, temir yo‘llar va magistral yo‘llarda yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirishga qaratilgan investitsiyalarni ko‘paytirish vazifasi belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun, bugun ShHT Sammiti va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning davlat tashrifi arafasida Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mavjud tarmoqlarni kengaytirish bo‘yicha ushbu yirik va muhim loyihalarni imzoladik.

PS. Davlat byudjetidan bu yo‘nalishga mablag‘ ajratilmaydi, barchasi korxonalar daromadlari hisobidan qaytariladigan investitsiyalar ekanini ta’kidlab o‘tish joiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring