Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ilk bor raqamli industriya va telekommunikatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro kongressga mezbonlik qilmoqda

O‘zbekistonda ilk bor raqamli industriya va telekommunikatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro kongressga mezbonlik qilmoqda

Foto: Digital. uz

Joriy yilning 23-24-aprel kunlari O‘zbekistonda ilk bor raqamli industriya va telekommunikatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro kongress “International Wholesale Telecom Congress” (IWTC) o‘tkazilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK “Olmos homiy” sifatida qo‘llab-quvvatlayotgan va faol ishtirok etayotgan mazkur tadbir respublikada texnologik taraqqiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“O‘zbektelekom” AK va Carrier Community GmbH & Co. KG bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng Xalqaro ulgurji telekom kongressining (IWTC) 12-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Mazkur xalqaro kongress ishtirokchilarga o‘z kompaniyalari, mahsulot va xizmatlarini taqdim etish, yangi aloqalar o‘rnatish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini beradi. GCCM tadbirlari telekommunikatsiya sohasidagi joriy tendensiyalar va innovatsiyalarni, jumladan, panel muhokamalari, ishchi sessiyalar va B2B uchrashuvlarini muhokama qilish qulay auditoriya hisoblanadi.

Bundan tashqari, mazkur tadbir AKT sohasi uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos global yig‘ilish bo‘lib, unda internet provayderlar va mobil aloqa operatorlari, jumladan Tier 1, 2 va3 operatorlari, SMS agregatorlari, kontent, media va bulutli texnologiya provayderlarini o‘z ichiga olgan ekotizimlarni birlashtiradi.

Ma’lumot uchun: GCCM bu eksklyuziv global klub va telekommunikatsiya kompaniyalarining hamjamiyatidir. Operatorlar hamjamiyati ulgurji telekommunikatsiya provayderlari va telekommunikatsiya ekotizimi hamkorlari uchun global sanoat media, tarmoq va brending, shu jumladan statsionar aloqa, data, xabar almashish, mobil aloqa, ma’lumotlar saqlash va qayta ishlash markazlari, WAS, MVNO, ISP, Telehouse, Cloud va boshqa tegishli tarmoqlar platformasini taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring