Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan O‘zbekistonda IT-eksportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Latviyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan O‘zbekistonda IT-eksportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Latviya Respublikasining “BAO” hamda “Wingo-Deposit” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda IT-ta’lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda IT sohasida yaratilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun berilgan imkoniyatlar, IT-viza va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Mehmonlar uchrashuv davomida O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va jozibador qo‘llab-quvvatlash dasturlari ularda katta taassurot qoldirganini hamda o‘z kompaniyalarining O‘zbekistonda ofislarini ochishlari va shu orqali O‘zbekistonda IT-xizmatlar xajmini oshirish bo‘yicha tashabbusli loyihalari borligini ma’lum qildilar.

O‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati ushbu kompaniyalar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring