Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelgusi haftadan yetakchi banklar ishtirokida startap loyihalar bilan tanishish maqsadida uchrashuvlar tashkil etiladi

Kelgusi haftadan yetakchi banklar ishtirokida startap loyihalar bilan tanishish maqsadida uchrashuvlar tashkil etiladi

Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekistonning yetakchi banklari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda O‘zbekiston yetakchi banklarining rahbar-xodimlari ishtirok etishdi. 

Bank sektorini O‘zbekistonda venchur va startap ekotizimining rivojlanish dinamikasi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda "AloqaVentures" va IT Park vakillari startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berilib, venchur investitsiya tamoyillari va startap loyihalar banklarga qanday foyda keltirishi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, bank sohasiga innovatsion mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga IT Park faoliyati, rezident kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, IT eksportini yanada oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.

Kelgusi haftadan boshlab mamlakatimizning yirik banklari ishtirokida istiqbolli startap loyihalari bilan tanishish maqsadida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, investitsiyalarni jalb qilish va mahsulotlarni bank tuzilmasiga integratsiyalash imkoniyatlarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring