Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Megazone Cloud kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Megazone Cloud kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Megazone Cloud kompaniyasining birinchi vitse-prezidenti Bumjin Kim bilan muzokaralar olib bordi va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Bumjin Kim “ICT Week-2023”ga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda IT-kompaniyalar faoliyatini soddalashtirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va jozibador qo‘llab-quvvatlash dasturlaridan katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. U O‘zbekistonning IT-sektori imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida tez orada mamlakatimizga tashrif buyurishni va Megazone Cloud uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha autsorsing ofisini ochishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Megazone Cloud vakillari O‘zbekistonning kadrlar salohiyatiga qiziqish bildirdilar. Jumladan, bitiruvchilarni o‘z ofislarida ish bilan ta’minlaydigan mutaxassislar tayyorlash uchun mamlakatimizda IT-talant markazini tashkil yetish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston yoshlari koreys tilini bilish darajasiga alohida e’tibor qaratildi – so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 14 mingdan ortiq kishi koreys tilida ishonchli so‘zlashadi.

Bumjin Kim O‘zbekistonda bulutli texnologiyalar va ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Megazone Cloud mutaxassislari mamlakatimizda bulutli texnologiyalar yo‘nalishini rivojlantirish, shuningdek, bozorimizga ilg‘or tajribalarni joriy yetish maqsadida o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor.

Uchrashuv yakunida Sherzod Shermatov Bumjin Kim va uning hamkasblarini joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonda biznes xizmatlari bo‘yicha Global forumda ishtirok yetishga taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring