Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toni Bler Global o‘zgarishlar institutining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi filiali rahbari Jalil Rashid bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida IT Park Uzbekistan faoliyati haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, mehmonlarga soha ravnaqi yo‘lida olib borilgan ishlar, kelgusidagi rejalar hamda xorijiy IT kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar va soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yagona integrator – UZINFOCOM faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 

Uchrashuv so‘ngida IT ta’lim, raqamlashtirish, elektron hukumat yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring