Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston&Tojikiston — AKT sohasida tajribalar va fikrlar almashinuvi

O‘zbekiston&Tojikiston — AKT sohasida tajribalar va fikrlar almashinuvi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi direktori bilan AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, hududiy tajribani hisobga olgan holda raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish va takomillashtirish bo‘yicha masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qolaversa, Elektron hukumat loyihalarini amalga oshirishda ikki davlat o‘rtasida tajribalar almashildi.

Tashrif davomida mehmonlar Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, yagona integrator — "UZINFOCOM” hamda “UNICON” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring