Yaponiyaliklar MyID Palm qurilmasining qulayligini e’tirof etishdi

Yaponiya tashqi savdo rivojlantirish tashkiloti (JETRO) vakillari IT-Park majmuasi va UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM infratuzilmasi, asosiy loyihalari va yutuqlari bilan tanishib, kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion mahsulotlarni yuqori baholadilar. Delegatsiya ishtirokchilari MyID Palm qurilmasini sinovdan o‘tkazib, uning qulayligi va keng joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
JETRO — bu Yaponiya va boshqa davlatlar o‘rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat agentligi.
Tashkilot investitsiyalarni jalb qilish, yapon mahsulotlari eksportini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni targ‘ib qilish hamda tadqiqotlar olib borish va tahliliy xizmatlarni taqdim etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter