“Technovation Girls Uzbekistan 2025” ga marhamat!
18-fevral kuni soat 14:00 da sizni Raqamli texnologiyalar vazirligida yangi mavsumning ochilish marosimiga taklif qilamiz!
Tadbir bir vaqtning o‘zida Andijon, Namangan, Nukus, Toshkent, Urganch va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladi. Toshkent shahridagi ishtirokchilarni Raqamli texnologiyalar vazirligida kutamiz.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Tanlov va imkoniyatlar taqdimoti;
- Avvalgi ishtirokchilarning muvaffaqiyat hikoyalari;
- Networking va jamoalar shakllantirish.
Tadbir kimlar uchun?
- 8-18 yoshli qizlar – IT startap yaratishni xohlovchilar;
- Mentorlar – 19+ yoshli talabalar, ota-onalar, IT va biznes sohasi mutaxassislari.
Qatnashchilar uchun mavjud imkoniyatlar:
- Dasturlash va biznes-rejalashtirish ko‘nikmalari;
- Hamfikrlar va foydali jamiyat;
- Xalqaro sertifikat;
- Finalda esa Kremniy vodiysiga yo‘l!
Dastur “Tech4Impact” NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter