Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’lumotlar markazi va sun’iy intellekt loyihalari bo‘yicha sarmoyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi investitsiya memorandumi imzolandi

Ma’lumotlar markazi va sun’iy intellekt loyihalari bo‘yicha sarmoyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi investitsiya memorandumi imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Investitsiyalar vaziri Muhammad Hasan Alsuvaydi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda BAAning Investitsiyalar vaziri o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan bildirilayotgan tashabbusni yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida potensial hamkorlik faoliyatini o‘rganish, bulutli texnologiya xizmatlarini rivojlantirish, mavjud sun’iy intellekt infratuzilma ma’lumotlaridan foydalangan holda, O‘zbekiston uchun katta til modellarini (LLM) ishlab chiqish, sun’iy intellekt va xorijiy tillarni o‘rganish yo‘nalishida mahalliy iste’dodlar sonini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish takliflari bildirildi.

Sherzod Shermatov vazirlik hamda tizim tashkilotlarida axborot texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar haqida ma’lumot berar ekan, Muhammad Hasan Alsuvaydi tomonidan berilgan takliflar hozirgi kunda naqadar dolzarbligi hamda ushbu yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish muhimligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida Ma’lumotlar markazi va sun’iy intellekt loyihalari bo‘yicha sarmoyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi investitsiya memorandumi imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring