Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekkosmos” agentligi Turkiy davlatlarning kosmik tashkilotlari vakillarining yig‘ilishida ishtirok etdi  

O‘zbekkosmos” agentligi Turkiy davlatlarning kosmik tashkilotlari vakillarining yig‘ilishida ishtirok etdi   

Foto: Digital. uz

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) kosmik agentliklari rahbarlarining uchrashuvi Space Technology (STC 2024) doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi, Turkiya Respublikasi kosmik agentligi rahbari ochib berdi. 

Yig‘ilishda TDTga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etishdi. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — turkiy davlatlar o‘rtasida kosmik sohada qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun umumiy faoliyat yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. 

Uchrashuv so‘ngida Turkiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali kosmik texnologiyalar sohasida doimiy ravishda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring