Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik delegatsiyasi NEC korporatsiyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Vazirlik delegatsiyasi NEC korporatsiyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Digital.uz

“MWC Barcelona 2024” jahon mobil kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi NEC korporatsiyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK hamda NEC kompaniyasi birgalikda telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli va amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Kompaniya vakili mamlakatimizning yangi tarmoqlarini kengaytirish va qo‘shimcha internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.

Shuningdek, hozirgi kunda Yaponiya xalqaro xamkorlik banki va mamlakatning boshqa moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring