Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ZTE buklanuvchi birinchi smartfonini chiqardi — arzon!

ZTE buklanuvchi birinchi smartfonini chiqardi — arzon!

Foto: ZTE

ZTE kompaniyasi Libero Flip deb nomlangan buklanuvchi birinchi smartfonini taqdim etdi.

Texnik xususiyatlari quyidagicha: asosiy AMOLED-displeyi — 6.9 dyuymli bo‘lib, piksellari nisbati — 2790×1188, tashqi ekrani 1.43 dyuymli (466×466 piksel). Protsessori — Snapdragon 7 Gen 1, 6 Gb operativ xotira, 128 Gb ichki xotiraga ega. Asosiy kamerasi — 50 Mp, selfi-kamerasi — 16 Mp.

Faqat bitta lekini bor. Ushbu smartfon eksklyuziv huquq asosida Yaponiyaning mobil aloqa operatori Y!mobile tomonidan 63 000 yena narxda sotilmoqda. Tushunishimizcha, rasmiy saytda qo‘shimcha chegirma ham bor va telefon narxini 39 800 yenagacha tushirish mumkin. Ya’ni bizning pul bilan 3 mln so‘mdan sal oshadi!

Hozir oldindan buyurtmani rasmiylashtirish mumkin, sotuvlar esa rasman 29-fevraldan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring