Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligida “XXI asr bolalari” birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali bo‘lib o‘tdi  

Raqamli texnologiyalar vazirligida “XXI asr bolalari” birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali bo‘lib o‘tdi   

Foto: Digital. uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan 2017-yil 30-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “Mamlakatimizda milliy madaniyat, adabiyot va san’atni rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo‘llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar” yuzasidan berilgan topshiriqlari doirasida yetakchi tashkilotlar bilan ma’lum bir madaniyat va san’at muassasalari o‘rtasida “Do‘stlik klubi” tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri “Do‘stlik klubi” a’zosi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan o‘zaro hamkorlikda joriy yilda zamonaviy kompyuter texnologiyalariga bag‘ishlangan yangi uslubdagi “Game over” spektakli sahnalashtirilib, premerasi o‘tkazilgan edi.

Ushbu hamkorlik ishlarini davom ettirish maqsadida yosh ijrochilar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning teatr va ITga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida teatr va IT xalqaro festivali tashkil etildi.

Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Qalmog‘iston Respublikasi, Gruziya, Kipr kabi davlatlaridan 55 dan ziyod aktyor xamda rejissyorlar tashrif buyurdi. Festival doirasida ushbu davlatlarning teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishlari, aktyor-rejissyorlarning innovatsion va qiziqarli chiqishlari, mahorat-darslari bo‘lib o‘tdi.

Festival san’at va IT sohasida yirik va ahamiyatli voqea bo‘lib, raqamli texnologiyalar sohasida ijodiy g‘oyalarni rivojlantirish, madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va yosh iste’dodlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Teatr tadbirlari O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar Teatri, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri hamda IT-Park binosida bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring