Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan xodimlar taqdirlandi

Dunyoning qaysi chekkasida bo‘lmaylik, uzog‘imizni yaqin qilib, olisdagi qadrdonlarimiz bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib, zamon bilan hamnafas yurishimizda aloqa xodimlarining hissasi katta.

Bugun, 7-may — Aloqachilar kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida aloqa sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ularga “O‘z kasbining ustasi” belgisi, “Faxriy yorliq” hamda “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring